
📌21 oktabr — Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Beşariq tumani Madaniyat markazida "Til — millatning bebaho boyligi" şiori ostida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
🖇Unda tuman hokimi Ilyosbek Novikov boşçiligida tuman rahbariyati, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, ijodkorlar, yozuvçi-şoirlar, til va adabiyot fani öqituvçilari, yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
🔍Tadbirda söz olgan tuman hokimi barçani Özbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ona tilimiz milliy özligimiz, ma’naviyatimiz va boy tariximizning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi. Şuningdek, özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada yuksaltiriş, uning sofligini asraş, kelajak avlod qalbida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyğusini şakllantiriş muhim vazifalardan ekanligi qayd etildi.
🖇Bayram tadbiri davomida yangragan dilbar kuy-qöşiqlar, jozibali milliy raqslar, şe’riy çiqişlar va badiiy ijrolar yiğilganlarga kötarinki kayfiyat bağişladi. Ayniqsa, yoşlarning çiqişlari ona tilimizning nafosati, söz san’atining qudrati va milliy qadriyatlarimizning barhayotligini yana bir bor namoyon etdi.
📍Zero, til — şunçaki muloqot vositasi emas. U millatning tarixi, ruhi, orzu-intilişlari va kelajagini özida mujassam etgan bebaho ma’naviy xazinadir. Ona tilimizni asraş, ardoqlaş va uni kelajak avlodlarga bezavol yetkaziş — har birimizning muqaddas burçimiz!





